Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Jabroil alayhissalom mening huzurimga kelib: “Ey Muhammad, sizga biror kishi salovat aytsa, yetmish ming farishta u kishiga salovat aytadi. Farishtalar kimga salovat aytishsa, u kishi jannat ahlidan bo’ladi”, dedilar”.
📕 Ushbu kitob Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga aytiladigan davomli salovatlarga bag’ishlangan. Unda shayx Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Abu Bakr al-Jazuliy as-Samloliy ash-Sharif al-Hasaniy qalamiga mansub “Daloilul Xayrot” nomli kitobdagi salovatlar keltirilgan.