Tovar haqida
Muallif: Adham Sharqoviy
Tasnif:
Bu kitob zamonaviy musulmon ayolning ruhiy va ijtimoiy o'sishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Muallif Adham Sharqoviy islom tarixidagi buyuk
sahobiyalarning hayotidan ilhomlanib, ularning sabr-toqati, e'tiqodi, jasorati va fidoyiligi orqali bugungi ayolga ruhiy kuch bag'islaydi. Kitobda Ummu Salama, Oisha binti Abu Bakr, Sumayya kabi sahobiyalarning hayoti misolida ayollarning jamiyatdagi o'rni, oiladagi mas'uliyati va shaxsiy o'sishi haqida chuqur mulohazalar yuritiladi.
Asar nasihatlar, ruhiy tahlillar, tarixiy voqealar va zamonaviy kontekstda yozilgan motivatsion fikrlar bilan boyitilgan. Har bir bobda ayolning o'zini anglashiga, ichki dunyosini mustahkamlashga, Allohga yaginlashishga undovchi fikrlar mavjud. Kitob nafaqat diniy bilim, balki psixologik tahlil va ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi. Ayolning jamiyatdagi roli, oila muhitidagi ta'siri va shaxsiy qadriyatlari muallif tomonidan chuqur tahlil qilinadi.
"DakaT 3pkaknap y4yH / فقط للرجال"